02 noy 16:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Professional bokschimiz tarozidan o'tdi, ertaga jang + FOTO
Engil vaznli professional bokschimiz Olimjon Nazarov ertaga Vetnamda ringga ko'tariladi.
Ushbu jangda hamyurtimizga tailandlik Saivat Buadkratok raqiblik qiladi. Bugun bokschilar jang oldidan tarozidan o'tishdi.
Malumot uchun, Nazarov shu kungacha prof boksda 24 ta jang o'tkazib, ularning 19 tasida g'alaba qozongan (11 ta nokaut). 5 ta jangda mag'lubiyatga uchragan. Tailandlik bokschi esa shu kungacha 33 marotaba jang o'tkazib, ularning 32 tasida g'olib bo'lgan (20 ta nokaut). 1 marotaba yutqazib qo'ygan.
Eslatib o'tamiz, jang Vetnamning Xoshimin shahridagi "District 7" arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar