01 avg 19:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Amir Xanni 10 mln evroga "uxlatdi"
Britaniyalik taniqli bokschi, sobiq jahon chempioni Amir Xan o'z promouteri va biznes hamkorining qurboniga aylandi.
Gap shundaki, Xan avstraliyalik Billi Dibaga qarshi kechgan jangi uchun vada qilingan 10 million evro gonorarni olmagan. FightHype xabariga ko'ra promouter Bill Dosanjxa Amirning raqibiga ham pul bermagan.
"Super Boxing League promouterlik kompaniyasi rahbari Dosanjx Amir Xanga 10 million evro miqdoridagi gonorarni bermadi. Xanning raqibi Billi Dib ham ushbu jang uchun pul olgani yo'q. Jangni tashkil qilgan Dosandjx shundan so'ng aloqaga chiqmay qo'ygan", - deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar