21 may 11:14
Yangiliklar

Promouter Joshua - Fyuri jangi tashkilotchiligi va majburiyatlar haqida gapirdi
SHartnoma bo'yicha Fyuri Uaylderga qarshi jang qilishi lozim, Joshua esa Kubrat Pulevga qarshi majburiy himoya jangini o'tkazishi kerak.
"Biz Tayson Fyurini yutgan taqdirimizda Deontey Uaylder bilan jang qilishga majbur bo'ladigan va u 40 foiz pulni oladigan shartnoma tuzmasligimiz kerak. Deontey Uaylder hozir chempion emas. U shunchaki davogar. Biz xech qanday majburliksiz shartnoma tuzishni istaymiz. Bu Tayson bilan bitta jangga shartnoma bo'lishi mumkin. Lekin, Entoni Fyurini yutadigan bo'lsa, biz Deontey bilan uchrashmaymiz.
Uaylder yutqazdi. Uni nokaut qilishdi. Agar u Tayson Fyurini mag'lub etadigan bo'lsa, biz Uaylder bilan uchrashamiz. Lekin, Uaylder buni uddalay olmasa shunchaki reytingga qaytadi. U mutlaq chempionga qarshi jang qilmaydi. Buning uchun shunday huquqni qo'lga kiritishi lozim. SHu sababli, bu ishda xech qanday majburiyatlarsiz, "toza qog'oz"ga ega bo'lish biz uchun yaxshiroq", - dedi Xirn.
Fikrlar