18 may 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Joshua - Pulev jangining muddati haqida gapirdi
Promouter Eddi Xirn Entoni Joshua va Kubrat Pulev o'rtasidagi jangning tashkiliy masalalari haqida malumot berdi.
"Ishonchim komil, ushbu jang amalga oshiriladi. Hozir jangni tashkil etish bo'yicha muqobil variantlarni ko'rib chiqyapmiz. O'tgan haftada bizga Xorvatiyadan murojat bo'ldi. SHuningdek, Yaqin SHarqdan ham jangni o'tkazish bo'yicha qiziqish bor.
Biz jangni Britaniyada tashkil etishni istardik, lekin buni amalga oshirishning deyarli imkoni yo'q. Tushuning, men Joshua uchun muxlislarsiz jang qilib bera olmayman. Agar bo'sh zalda jang o'tkazilsa, u o'zini yomon his qiladi. O'ylaymanki, Joshua sentyabr yoki noyabr oyida ringga ko'tariladi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar