05 avg 16:53
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/79407_220.jpg)
Promouter: Joshua - Ruis revanshi aniq AQSHda tashkil etilmaydi
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn Endi Ruisga qarshi revansh jang qaerda tashkil etilishi mumkinligini aytdi.
"Men ushbu jang qaerda o'tkazilishini bilaman deb o'ylayman. Ammo, biz qog'ozbozlik ishlarini yakunlaguncha kutishimiz lozim. O'shanda barchasini elon qilamiz.
Kardiff haliyam variant sifatida qolmoqda. Ammo, bizda yana 2-3 ta neytral arena bor. Ular Endi Ruis bilan muzokaralar chog'ida kamroq boshog'riq tug'diradi.
Ruis Britaniyaga borishni istamayapti. SHartnoma tomonlama biz qanday poziciyada ekanligimizni bilamiz. Biz Ruisni hurmat qilamiz, ammo jang qaerda bo'lishini hal qilamiz.
Hozir AQSH variantini chiqarib tashlasak bo'ladi. Kardiff bu borada favorit bo'lib qolmoqda", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar