29 iyu 13:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Joshuaning qachon ringga qaytishini aytdi
Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mojozining rejalari haqida gapirib berdi.
"Joshua noyabr oyida ringga qaytishni rejalashtirmoqda. U Kubrat Pulevga qarshi himoya jangini o'tkazishi lozim. Kelasi yil yozda esa u mutlaq chempionlik uchun jang qiladi. Men ushbu jang Britaniyada o'tishini istardim.
Umid qilamanki, yaqin oylarda biz muxlislarning sport arenalariga qaytayotganini ko'ramiz. Bizning jamoa ham bu borada qattiq ishlamoqda. O'ylaymanki, muxlislar noyabr oyida Joshuaning Pulevga qarshi jangini bevosita kuzata oladilar. Bu fantastik bo'ladi", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar