09 iyu 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Lomachenko - Lopes jangini yangi sanasi haqida gapirdi
Top Rank promouteri Bob Arum Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO) va Teofimo Lopes (15-0, 12 KO) o'rtasidagi jang haqida gapirib o'tdi.
"Biz Lomachenko - Lopes jangini 19 sentyabrga rejalashtirayotgandik. Bu hozircha dastlabki taxminiy sana edi. Ammo, biz katta ehtimol bilan ushbu jangni 3 oktyabr kuni tashkil etamiz.
Hozirgi sharoitda Nevadada muxlislar soni cheklovi bilan bo'lsada tashkil qilishning iloji yo'q. Umid qilamanki, biz Las-Vegasda arenaga 2000-2500 kishini kirita olamiz", - dedi Arum.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar