06 noy 17:25
Yangiliklar
Boks/MMA

Promouter Uaylderning navbatdagi ehtimoliy raqibini aytdi
Deontey Uaylderning promouteri Lu DiBella bokschining navbatdagi raqibi kim bo'lishi mumkinligi haqida gapirib o'tdi.
"Dillian Uaytga qarshi jang haqida eshitishni ham istamaymiz. Uning Uaylderga qarshi jangini xech kim ko'rishni xohlamaydi. Uaylder Entoni Joshuaga qarshi jang qilmoqchi. Bu to'qnashuvni butun dunyo kutmoqda.
Biz Joshuaga qarshi jangni sabrsizlik bilan kutmoqdamiz. Bu borada Xirn bilan muzokara o'tkazamiz. Agar aniq va jiddiy kelishuv bo'lmasa Deontey umrbod kuta olmaydi. U Nyu-Yorkda Dominik Brizilga qarshi jang qiladi", - dedi DiBella.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar