01 sen 16:55
Yangiliklar
Futbol
PSJ va "Lester" sobiq futbolchisi 39 yoshida hayotdan ko'z yumdi
"Lids", "Lester", PSJ va "Palermo" sobiq markaziy himoyachisi Suleyman Bamba 39 yoshida hayotdan ko'z yumdi.
Bu haqda Bamba texnik direktor lavozimida ishlagan Turkiyaning "Adanaspor" klubi xabar berdi.
"So'nggi o'yin oldida o'zini yomon his qilgan Bamba Manisa universiteti shifoxonasiga etkazildi va afsuski, u erda hayot uchun kurashda engildi. Jamiyatimizga, ayniqsa uning oilasiga hamdardlik izhor etamiz", — deyiladi "Adanaspor" bayonotida.
2021 yilning yanvarida Bambaga saraton tashhisi qo'yilgan va u may oyida undan qutulganini xabar qilgan. Bamba undan keyin faoliyatini tikladi va Angliyaning "Midlsbro" jamoasiga o'tdi, ammo bir yildan so'ng faoliyatini yakunladi.
Bamba faoliyatida eng ko'p "Kardiff" (118 o'yin) tarkibida harakat qildi.
Havola :
Manba : twitter.com/AdanasporResmi
Fikrlar