23 avg 11:09
Yangiliklar
Futbol
PSV "Manchester Yunayted"dan Gakpo bo'yicha rasmiy taklif kutmoqda
PSV forvardi Kodi Gakpo faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishi mumkin.
Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, 23 yoshli niderlandiyalik Angliya klubi rasmiy taklif bergan payti, MYUga o'tishga tayyor.
PSV forvard uchun 45 million evro olmoqchi.
Gakpo o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 47ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 15ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 30 mln evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar