21 may 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev: Joshua jangni bekor qilishga yoki sanani o'zgartirishga harakat qilmoqda
Entoni Joshuaning IBF kamari uchun majburiy davogar Kubrat Pulev britaniyalik bokschining jangni bekor qilish harakatlari haqida gapirdi.
"Ikkita variant bor: sen yoki jang qilasan, yoki kamarni bo'shatib qo'yasan. Tushunishim bo'yicha, Joshua haqiqatdan ham mendan qo'rqmoqda. U qo'rqib ketgan. SHuning uchun ular jang sanasini o'zgartirishga yoki umuman, jangni bekor qilishga harakat qilishmoqda.
Biz tomondan kerakli barcha ishlar amalga oshirildi. Biz Joshuaning jamoasi so'ragan barcha shartlarga rozi bo'ldik. Endi barchasi ularga bog'liq. Men Entoni bilan jang qilishga tayyorman. Bahs qaerda o'tkazilishi katta ahamiyatga ega emas. Men Eddi Xirn jang manzili bo'yicha yakuniy qarorga kelishini kutmoqdaman", - dedi Pulev.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar