29 sen 13:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Pulev Joshuani mag'lubiyatga uchratsa, gonorarini yarmini xayriya ishlariga sarflamoqchi
Bolgariyalik superog'ir vaznli bokschi Kubrat Pulev agar Entoni Joshuani mag'lubiyatga uchratadigan bo'lsa, gonorarini yarmini xayriya qilmoqchi ekanligini malum qildi.
"Agar Kardiffdagi jangda g'alaba qozonsam, ertasiga pullarning yarmini bolalar uyiga, kasalxonalarga berib yuboraman.
Buni jahon chempioni sifatida amalga oshirmoqchiman. Pulga muhtojlarni baxtli qilishni istayman", - deydi bolgariyalik bokschi.
Eslatib o'tamiz, Joshua - Pulev jangi 28 oktyabr kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar