07 may 07:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Pulev Joshuani qo'rqoqlikda aybladi
Bolgariyalik bokschi Kubrat Pulev uchta yo'nalishda jahon chempioni Entoni Joshuani qo'rqoq deb atadi.
“Men Joshuaga nisbatan aqlliroq va aniqroq jang qilaman. Uni mag'lub etishimga ishonaman. Nega u Londonda jang qilishni qattiq istamoqda? CHunki Joshua menga qarshi ringga ko'tarilishga qo'rqmoqda. U muxlislari oldida bosimdan qutilmoqchi va shu sababli ham Entoni boshqa joyda jang bo'lishini istamayapti.
Biz Joshuaning vakillariga to'rtta boshqa manzilni taklif qildik, lekin ular faqat Londonda jang qilishlarini malum qilishdi. Agar to'qnashuv Londonda bo'lmasa, umuman jangdan voz kechishlarini aytishdi. SHu boisdan, ularning takliflarini qabul qilishga majbur bo'ldim”, - dedi Pulev.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar