15 iyu 12:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Putin jangdan so'ng Petr Yanga qo'ng'iroq qildimi? Prezident Xabibni tabriklagan edi
Eng engil vazn toifasida UFC chempioni Petr Yan kamarni qo'lga kiritgandan so'ng Rossiya Federaciyasi prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashmagan.
Bu haqida chempionning menejeri Sayat Abdraxmanov malum qildi.
“Putin g'alabadan so'ng qo'ng'iroq qilmadi. Balki Rossiyaga qaytganimizdan so'ng qaysidir gubernator Petrni chaqirar. Men tug'ilib o'sgan Qozog'istonda sportchi qandaydir natija erishmagunga qadar unga hech qanday etibor bo'lmaydi. G'alabalardan so'ng esa unga bo'lgan mehr oshib ketadi”,-dedi Sayat.
Eslatib o'tamiz, Yan Joze Alduni mag'lub etib, Rossiya tarixida UFC chempioni bo'lgan ikkinchi sportchiga aylandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar