10 iyu 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Putin Lebedevni g'alaba bilan tabrikladi
Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin Denis Lebedevni chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgani bilan tabrikladi.
Lebedev kecha Ekaterinburg shahrida o'tgan boks oqshomida birinchi og'ir vazn toifasida o'ziga tegishli bo'lgan WBA chempionlik kamarini munosib tarzda himoya qilgan edi. U 12 raund davom etgan jang yakunida avstraliyalik Mark Flenaganni 120:107, 119:108, 119:108 hisobida mag'lub etgandi.
Bugun Vladimir Putin chempion bilan shaxsan o'zi uchrashdi. Putin Lebedev - Flenagan jangiga tashrif buyura olmadi. Lekin uni tabriklash uchun vaqt topdi.
Havola :
Fikrlar