22 iyu 18:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan chempion Figeyredoning "vyzov"ga chiroyli "otvet" qildi
Yangi UFC chempioni Pyotr Yan eng engil vaznda tashkilotning yangi chempioni Deyvison Figeyredoning chorloviga javob qaytardi.
Figeyredo shu hafta "Janglar oroli"da o'tkazilgan UFC turnirida braziliyalik Jozef Benavidesni mag'lubiyatga uchratgan va chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. O'sha jangdan so'ng u Pyotr Yanni oktagonga chorlagandi.
"Nima ham derdim. Mayli, shuni istayotgan bo'lsa, bitta yuqori vaznga ko'tarilsin. Ro'yxatimdagi mag'lubiyat alamini totib ko'rgan braziliyalik jangchilar soni yana bittaga ko'payarkanda!", — dedi Yan.
Eslatib o'tamiz, Pyotr Yan MMAda o'tkazgan 16 ta jangidan 15 tasida g'alaba qozongan. Figeyredo esa 20 ta jangning 19 tasini o'z foydasiga hal qilgan. Har ikkisida ham bittadan mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar