23 iyu 10:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Pyotr Yan ikki karra Olimpiada chempioni bilan uchrashdi + FOTO
Rossiyalik UFC chempioni Pyotr Yan yunon-rim kurashi bo'yicha ikki karra Olimpiada chempioni Roman Vlasov bilan uchrashdi.
Yan esdalik uchun olingan suratni Instagram sahifasiga joyladi.
"Ikki karra Olimpiada chempioni Roman Vlasov bilan yaqindan tanishganimdan xursand bo'ldim. Imkonsiz narsaning o'zi yo'qligini isbotlagan buyuk sportchi. Senga cheksiz hurmatimni izhor qilaman", — deya surat ostida izoh qoldirgan Yan.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli Yan 11 iyul kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da o'tgan UFC oqshomida braziliyalik sobiq jahon chempioni Joze Aldoni texnik nokautga uchratib, kamar sohibiga aylangan edi.
SHu yil 6 oktyabr kuni 30 yoshga to'ladigan Roman Vlasov esa London-2012 hamda Rio-2016 Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritgan. U ikki karra jahon, to'rt karra Evropa chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar