22 iyu 16:24
Yangiliklar

Pyotr Yan: Sterling UFC uchun qiziq emas, menga ham!
Rossiyalik chempion braziliyalik sobiq jahon chempioni Joze Aldoni mag'lubiyatga uchratganidan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida Yanning ehtimolliy raqibi sifatida Aljameyn Sterling aytilgan edi.
"Menga har tomonlama yaxshi va qiziqarli jang kerak. Deyna Uaytdan so'nggi matbuot anjumanida Sterling haqida so'rashgan edi. UFC prezidenti bu savolga uzoq vaqt sukut saqlab javob bergandi. Aftidan tashkilotga Yan - Sterling jangi qiziq emas. Tabiiyki, menga ham. Ularda yanada yaxshiroq variantlar bor: Garbrandt, Sexudo...
O'ylaymanki, menga kuchli va munosib raqib berishadi. Ha, Sterling ham qaysidir manoda chempionlik jangi uchun ko'p harakat qildi. SHaxsan men istalgan raqib bilan jang qilishga tayyorman. Reja bo'yicha dekabr oyida ilk himoya jangimni o'tkazaman. Hozir hech qaerga shoshilmayman", - dedi Yan.
Fikrlar