So’nggi yangiliklar

16:12ЖЧ-2026. Энг кўп мухлис қайси ўйинга тушди? 0 15:40ИНТЕРВЬЮ. Боксдан ММАга ўтган қизалоқ Махлиё Хабибуллаева 0 14:27Фирибгарликда айбланган GFL Лигаси яна қайтаётганини эълон қилди. Илк турнирнинг марказий жанги Тони Фергюсон иштирокида ўтади 0 13:53Икки нафар конкурчимиз жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди 0 13:28Бугун хет-трик қайд этган Дэвид 60 йилдан сўнг ушбу натижага эришган илк футболчи бўлди 0 12:59UFC Хитойга қайтмоқда (ПОСТЕР) 0 12:28Синдаров рапид Жаҳон чемпионатида Магнус Карлсенни қора доналарда мағлуб этди 0 11:56Достон Бозоров АҚШ визасини қўлга киритди + ВИДЕО 0 11:27Швейцария ва Босния ўртасидаги ўйинда тарихда юз бермаган ҳолат содир бўлди 0 10:53Оқ уйдаги UFC турнирига эҳтимолий ҳужумнинг олдини олинди 0 10:14UFC 330 турнири кардига даъвогарлик жанги қўшилди 0 09:39Бир жанг тарихи: Руслан Чагаев vs Владимир Кличко! 0 09:02ЖЧ-2026. Кореяни мағлуб этган Мексика плей-офф масаласини ҳал қилди 0 08:3647 ёшли Луис Ортис икки ҳафтада икки рақибини муддатидан аввал мағлуб этди 0 08:01Илия Топурия ва Жастин Гэтжи олти ойга четлатилди 0

28 avg 12:39
Yangiliklar

Boks/MMA

Qayrat Eraliev Ahmadalievga qarshi jangdan so'ng nimalar dedi?

Qozog'istonlik bokschi Qayrat Eraliev bokschimiz Murodjon Ahmadalievga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ahmadaliev yaxshi bokschi. U turnirga yaxshi tayyorgarlik bilan kelgandi. Ko'p narsa aynan jangga qanday tayyorgarlik bilan kelishga va vaziyatlardan foydalanib qolishga bog'liq. Bugun mening kunim edi.

Oldinda qiyin janglar kutib turibdi. Tayyorlanishda davom etamiz.

Jangda Ahmadalievdan yaxshiroq harakat qilishim kerak edi. O'ylagan rejalarim amalga oshganidan xursandman. Men bergan zarbalarim aniq manziliga etib bordi. Bu g'alabada murabbiylarimizning hissasi katta.

Birinchi raundda o'tkazib yuborgan zarbalarim? U o'ziga kerakli vaziyatni poyladi. Menimcha, u jang yakunida ko'p narsani hal qilmoqchi edi. Lekin, men bunga yo'l qo'ymadim", - deydi Eraliev.

Eslatib o'tamiz, kecha JCHda bo'lib o'tgan jangda Murodjon Ahmadaliev qozog'istonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Reyting: -4   

Fikrlar

+2   
28 avg 12:50:52
Jokovich
Qayrat bu jangda Muroddan faol bo`ldi va haqli yutdi, lekin Murodga bu saboq bo`lishi kerak, ijtimoiy tarmoqlarda kam ko`rinsa yaxshi bo`lardi
   
28 avg 17:14:55
Eldor Conor
Murodjon özidan yulduzcha yasavoldi undan köra öz ustida ishlasa yaxshi bölardi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing