27 iyu 09:02
Yangiliklar
Tennis

Qayseri turniridagi tennischilarimiz raqiblariga yo'lni kurashsiz bo'shatib berishdi
Turkiyaning Qayseri shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Ushbu musobaqada o'zbekistonlik ikki tennischi - Maksim SHin va Amir Milushevning ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Qizig'i, mamlakatimizning uchinchi va to'rtinchi raketkalari raqiblariga kurashsiz yo'lni bo'shatib berishdi. Bunga jarohat sababmi yoki boshqa omil, bizga bu malum emas.
Amir Milushev 1/8 finalda turkiyalik Birtan Duranni 6/4, 6/3 hisobida mag'lub etgandi. Lekin negadir bugun 1/4 finalda u yana bir mezbonlar vakili Arda Azkaraga qarshi kortga chiqmaydigan bo'libdi. Arda kurashsiz 1/2 final ishtirokchisiga aylandi.
O'zbekistonning uchinchi raketkasi hisoblangan Maksim SHin esa 1/8 finalda franciyalik Pol Inchauspega qarshi kortga chiqmadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar