02 noy 18:11
Yangiliklar
Qilichboz qizlarimiz jahon Kubogi bosqichida 2 ta medalga ega chiqishdi
Qizlar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqaning yakkalik yo'nalishida g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Quvonarlisi, hamyurtimiz Gulistan Perdibaeva bronza medalini qo'lga kiritdi. Yarim finalgacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o'yinlari g'olibi final ostonasida yoshlar o'rtasidagi jahon chempioni xitoylik Simao Panga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va uchinchi o'rinni egalladi.
Bugun esa qizlar o'rtasidagi jamoaviy dasturda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi kumush medallarga ega chiqishdi.
CHorak finalda Tailand, yarim finalda Gonkong jamoalarini mag'lub etgan yurtdoshlarimiz finalda mezbonlarga 39:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Bellashuvlarda Gulistan Perdibaeva, Fernanda Errera, Samira SHokirova hamda Ayakoz Jumamuratova yurtimiz sharafini himoya qildilar.
Fikrlar