05 okt 16:16
Yangiliklar
Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz MDH o'yinlarida jamoaviy dasturlar g'olib va sovrindori bo'ldi
Ozarbayjonda bo'lib o'tgan MDH davlatlari III o'yinlarida qilichbozlik bo'yicha jamoaviy bahslar yakunlandi.
Unda O'zbekiston sablya jamoasi (Sardor Abdukarimbekov, SHannazar Abulov, Nursultan Kenesbaev, Alpamis Urakbaev) finalda Rossiyani 45:43 hisobida mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
SHpaga yo'nalishidagi qizlar jamoamiz (Madinabonu Mansurova, Sanam Nazarova, Ozodaxon Usmonjonova, Marvarid Zuvaydilloeva) esa finalgacha etib borib, kumush medal sohibi bo'ldi.
Yakuniy natijalar:
Erkaklar:
1. O'zbekiston
2. Rossiya
3. Qozog'iston va Ozarbayjon
Ayollar:
1. Rossiya
2. O'zbekiston
3. Ozarbayjon va Belarus
Havola :
Manba : fencing.uz
Fikrlar