18 noy 22:48
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlarimiz O'zbekiston delegaciyasi g'aznasiga yana 4 ta medal qo'shib qo'yishdi
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan VI Islom birdamligi o'yinlaridagi umumiy medallarimiz 70 tadan oshdi.
Qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azolari delegaciyamizga 4 ta medal taqdim etishdi. Rapirachimiz Ilyas Molina turkiyalik sportchi bilan kechgan murosasiz final bahsida bir ochko farqi bilan - 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va kumush medalga ega chiqdi.
Yarim finadagi o'zbek derbisida aynan Ilyas Molinaga yutqazib qo'ygan Radmir Semeneev bronza medali bilan taqdirlanadigan bo'ldi. Qilichbozlikning shpaga bahslarida Sevara Rahimova Islom birdamligi o'yinlarining kumush medaliga sazovor bo'ldi. U ham final jangida turkiyalik raqibasiga yutqazib qo'ydi. Yana bir shpagachimiz SHahzoda Egamberdieva bronza medali sohibasiga aylandi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar