02 apr 15:19
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlarimiz Rio de Janeyrodagi yoshlar Jahon chempionatida qatnashadi, tarkibda legioner sportchi ham bor
2–9 aprel kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati o'tkaziladi.
Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham bahs olib boradi. Tarkibdan Rossiyadan mahalliylashtirilgan 19 yoshli Polina Volobueva ham joy oldi. U hozirda yoshlar toifasida dunyo reytingida 10-o'rinni egallab turibdi.
Bosh murabbiy Yorqinjon Yo'ldoshev qaroriga ko'ra quyidagi sportchilar JCHda yurtimiz sharafini himoya qiladi:
Sablya:
Nargiza Jaksibaeva
Ayako'z Jumamuratova
Fernanda Errera Lara
Alpamis Urakbaev
Sardor Abdukarimbekov.
Rapira:
Ulug'bek Usmonov
Polina Volobueva.

Havola :
Manba : fencing.uz
Fikrlar