So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

06 mar 07:56
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimiz "Spark" va “Cobalt” avtomobillari bilan taqdirlanishdi+FOTO

Xabaringiz bor, qilichbozlik bo'yicha o'smirlar va kadetlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida o'zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etgandilar.

Vakillarimiz musobaqaning jamoaviy bahslarida kumush va bronza medallarini qo'lga kiritib, o'zbek qilichbozligi tarixida yangi sahifa ochishga muvaffaq bo'lishdi. Zero, shu paytga qadar qilich (sablya) yo'nalishida hamyurtlarimiz Osiyo miqyosida birorta medalga ega chiqa olishmagandi. Bugun musobaqada ishtirok etgan qilichbozlarimiz O'zbekistonga qaytib kelishdi.

Sportchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. 

Ularni qarshi olish uchun ko'plab muxlislar, sportchilarning yaqinlari, OAV vakillari aeroportda jam bo'lishdi. Tadbir qahramonlari uchun maxsus avtobuslar ajratilgandi. 

Ular sayyoxlik avtobuslarida Toshkent ko'chalari bo'ylab navbatdagi manzil – “Paxtakor” stadioni tomon yo'l oldilar. U erda Osiyo chempionati sovrindorlari va ularning ustozlarini taqdirlash uchun tadbir tashkil etildi.

Tantanali tadbirda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov, O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, federaciya bosh kotibi Muhammad Humoyun Ibragimovlar ishtirok etishdi. 

MOQ rahbari sportchilarni tabriklar ekan, ushbu muvaffaqiyat bilan sportchilar to'xtab qolmasliklarini, kelajakda Osiyo va Olimpiya o'yinlarida ham muvaffaqiyatli natija kutib qolishini aytib o'tdi.

Tadbir davomida shuningdek Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, O'zbekiston qilichbozlik federaciyasi raisi Rustam SHoabdurahmonovlar ham so'zga chiqib, qilichbozlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklashdi.

SHundan so'ng Osiyo chempionati sovrindorlari va ularning ustozlariga maxsus sovg'a – “Spark” va “Cobalt” avtomobillari kaliti topshirildi. Aniqrog'i, jamoaviy bahslarda kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan har bir sportchiga “Spark”, ularni tarbiyalagan ustozlariga esa “Cobalt” avtomobillari tortiq etildi.

Qilichbozlarimiz uchun navbatdagi xalqaro musobaqa yakunlandi. Ammo oldinda hamyurtlarimizni bundan-da nufuzli, bundan-da masuliyatli bellashuvlar kutib turibdi. Navbatdagi manzil esa Jakarta.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing