26 fev 18:26
Yangiliklar
Qilichbozlarimiz tarixda ilk bor Osiyo chempionatida sovrindor bo'ldilar
Musobaqaning qilich (sablya) yo'nalishida jamoaviy bahslarda qatnashgan kadetlarimiz chorak finalda Iordaniya terma jamoasini 45:23 hisobida mag'lubiyatga uchratganliklari haqida xabar qilgandik. Vakillarimiz yarim finalda quvaytlik raqiblarni 45:44 hisobida mag'lub etib, final yo'llanmasiga ega bo'lgandilar.
Hal qiluvchi final jangida sportchilarimiz Janubiy Koreyaga 26:45 hisobida yutqazib qo'ydilar va Osiyo chempionatining kumush medali sohibiga aylandilar.
Malumot uchun, qilich (sablya) bo'yicha bahslarda terma jamoamiz tarkibida quyidagi sportchilar jang o'tkazdilar:
Jaloliddin Dushamboev (2002 yil) - CHirchiq Olimiya zaxiralari sport kolleji tarbiyalanuvchisi
SHerzod Mamutov - (2002 yil) - Qoraqalpog'iston Respubliksi agro va suv xo'jaligi kolleji o'quvchisi
Pazil Genjebaev - (2003 yil) - Qoraqalpog'iston Respublikasi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi
Bobir Rasulov - (2002 yil) - Toshkent shahri, 34-sonli maktab o'quvchisi.
Fikrlar