06 jan 17:27
Yangiliklar
Qilichbozlik
Qilichbozlarimiz U-20 Jahon kubogi bosqichini oltita medal bilan yakunladi
Kolumbiyaning Bogota shahrida qilichbozlikning sablya yo'nalishi bo'yicha yoshlar o'rtasidagi (U-20) Jahon kubogi bosqichi yakunlandi.
Quvonarlisi, jamoaviy dasturda ham O'zbekiston yoshlar termasi azolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medallarga egalik qildi.
Nargiza Jaksibaeva, Ayako'z Jumamuratova, Samira SHokirovadan iborat qizlarimiz finalda meksikalik tengqurlarini 45:20, Sardor Abdukarimbekov, Musa Aymuratov hamda Alpamis Urakboev tarkibidagi yigitlarimiz esa mezbonlarni 45:28 hisoblarida mag'lubiyatga uchratishdi.
SHu tariqa, yakkalik bahslari bilan hisoblaganda yurtdoshlarimiz ushbu musobaqani 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Havola :
Manba : Olympic.uz
Fikrlar