So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

17 fev 12:49
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlarimizga teng keladigan topilmayapti

Poytaxtimizdagi gimnastika bo'yicha Respublika ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari bolalar-o'smirlar sport maktabida Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederaciyasining o'smirlar va kadetlar o'rtasida I ochiq chempionati o'tkazilmoqda.

O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi hamda mamlakatimiz qilichbozlik federaciyasi tomonidan o'tkazilayotgan musobqada ilk g'oliblar nomi aniqlandi.

SHamshir bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi final bahsida hamyurtimiz Sanjarbek Sobirov qozog'istonlik Ilhomjon Anarqulovni engib, oltin medalni qo'lga kiritdi. Musobaqaning bronza medallariga Vladislav Duplakin (Qozog'iston) va Asadbek Mamatov (O'zbekiston) sazovor bo'ldi.

Kadetlar o'rtasidagi qilich yo'nalishida barcha medallar vakillarimizga nasib qildi. Ushbu bahslarda SHerzod Mamutov, Fazilbek Genjaboev va Bobur Rasulov shohsupagan ko'tarildi.

SHamshir bo'yicha o'smir qizlar o'rtasida hamyurtimiz Jasmina Suvonova g'olib bo'ldi, qirg'izistonlik Kamila Abdulxamitova kumush, umidli sportchilarimiz SHahzoda Egamberdieva hamda Rada Qosimova esa bronza medalini qo'lga kiritdi.

Qilich yo'nalishi bo'yicha kadetlar o'rtasida Zaynab Dayibekova, Venera Isroilova, SHahnoza Tog'aymuratova, Gulbonu Esemuratova kabi umidli sportchilarimiz shohsupaga ko'tarildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing