So’nggi yangiliklar

19:02Хамзат Чимаев АҚШга виза олиш ҳақидаги саволга жавоб қайтарди 0 18:41"Реал" Родригога ўринбосар топиб қўйди 0 18:20Царукян қачон навбатдаги жангга тайёр бўлишини айтди 0 17:59Хамзат Чимаев: "Агар мен Олимпиячига қарши жанг қилсам, у мени йўқ қилиб ташлайди" 0 17:38Физиев: "Кунларни санашни бошладим" 0 17:16Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди 0 16:51Бетербиев Бивол билан трилогия бўйича баёнот берди 0 16:25Азизмурод Шабазов ва София Видрина фигурали учиш бўйича 2025 йилги Ўзбекистон чемпионати ғолиби бўлди 0 16:02Хамзат Чимаев Ислам Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:39Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди 0 15:17Фаолиятини якунлаган Дастин Порье UFC'да янги вазифада ишлайди 0 14:54Пакьяо қачон кейинги жангини ўтказиши маълум бўлди 0 14:31Оливейра Физиев билан жанг анонсига муносабат билдирди 0 14:10Жанлуижи Доннаруммага бошқа ТОП клублардан таклиф тушди 0 13:48"Аҳмоқ ва руҳан заиф инсон". Стрикленд — Чимаев ҳақида фикрларини билдирди 0

18 okt 13:50
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlik bo'yicha mamlakat kubogi g'oliblari aniqlandi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo'yicha kadetlar toifasida O'zbekiston kubogi bahslari o'tkazilmoqda.

Qilichbozlikning sablya, shpaga va rapira yo'nalishlari bo'yicha o'tayotgan ushbu musobaqa bahslariga "Paxtakor" qilichbozlik zali mezbonlik qilmoqda.

Musobaqaning ilk kunida sablya yo'nalishi bo'yicha jamoaviy va yakkalik bahslar bo'lib o'tdi. Aniqroq aytadigan bo'lsak, o'g'il bolalar o'rtasidagi yakkalik bellashuvlarida Nursulton Kenesbaev, Artur Bekjanov, Bekzad Tajedinov va Azim SHokirov shohsupaga ko'tarilgan bo'lsa, qizlar o'rtasida Sevara G'anieva, Salima Ro'zieva, Aygul SHamuratov, SHahzoda Abdullajonova g'olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.  

Jamoaviy bahslarda “Toshkent 1” jamoasi qizlar o'rtasida mamlakat kubogini qo'lga kiritdi. O'g'il bolalar o'rtasida esa Qoraqalpog'iston Respublikasi yoshlaridan iborat jamoa birinchi o'rindan joy oldi.

Eslatib o'tamiz, mamlakat kubogi 21 oktyabr kuniga qadar davom etadi. Unda shpaga va rapira yo'nalishlari bo'yicha yakkalik va jamoaviy bahslar tashkil etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing