So’nggi yangiliklar

19:02Тренд: Ўзбек ММА юлдузлари 80-йилларда қандай кўринишда бўлишарди? (ФОТО) 0 18:22Саншеш Испания клуби билан келишувга эришмоқда 0 17:46Магнус Карлсен Жавоҳир Синдаровнинг Гукешга қарши ўйини учун тахминини айтди 0 17:12Конор Бенн Райан Гарсияга қарши жанг олдидан тарозидан ўтгач, 8 соат ичида деярли 15 кг вазн йиғди 0 16:43Осиё ва Пара Осиё ўйинларига кузатиш маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 16:01Ван Дейк Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин 0 15:29"Битта жанг ва отанг озод". Конор UFC'дан кейин қаерга кетишини айтди 0 14:45Богдан Гусков: "Анкалаев — энг кучли ярим оғир вазнли жангчи, аммо..." 0 14:14Осиё ўйинлари-2026. Ўзбекистон байроқдорлари ким бўлиши аниқ 0 13:48Расман. "Арсенал" 17 ёшли грузиялик футболчи билан шартнома имзолади 0 13:07Пётр Ян Мераб Двалишвилига суғурта қилдириб қўйишни маслаҳат берди 0 12:36Усик фаолиятидаги энг қийин рақибни айтди. Бу на Фьюри ва на Верховен 0 12:15Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнирида Муроджон ва Элбекка мухлислик қиламиз 0 11:44Мбаппе: "Месси каби 39 ёшимда ўйнашимни кўра оламанми? 100 ёшгача ўйнашга тайёрман!" 0 11:13Райан Гарсия ва Конор Бенн вазн ўлчаш маросимида ҳозир бўлди 0

19 noy 06:58
Yangiliklar

Qilichbozlik

Qilichbozlikni innovacion rivojlantirishga bag'ishlangan yirik xalqaro konferenciya o'tkazildi

Toshkentda o'smir qizlar o'rtasida sablya bo'yicha Jahon kubogi bahslari doirasida birinchi marotaba “Osiyo qitasida qilichbozlikni innovacion rivojlantirish” mavzusida xalqaro konferenciya bo'lib o'tdi.

Uning ishida Xalqaro qilichbozik federaciyasining masul xodimlari, Panamerika va Osiyo qilichbozlik konfederaciyalari, 24 davlat milliy qilichbozlik federaciyalari rahbarlari ishtirok etdi. 

Konferenciyada so'zga chiqqan Xalqaro qilichbozlik federaciyasi Ijroiya qo'mitasi azosi, Panamerika qilichbozlik konfederaciyasining prezidenti V.Logvin O'zbekiston rahbariyatining sportni, shu jumladan, qilichbozlik sportini rivojlantirishga qaratayotgan etiborini alohida takidladi. Mamlakatning barcha mintaqalarida yangi qilichbozlik zallari barpo etilmoqda, sportning ushbu turi bilan shug'ullanayotgan bolalar va o'smirlar soni ortib boryapti. Keyingi yillarda O'zbekistonda qilichbozlik bo'yicha xalqaro va mintaqaviy musobaqalar ham katta muvaffaqiyat bilan o'tkazilyapti. 

Markaziy Osiyo mamlakatlari, shu jumladan, O'zbekiston sportning ushbu turi bo'yicha xalqaro musobaqalarda katta muvaffaqiyatlarga erishishi uchun qilichbozlarni musobaqalarga tayyorlashning innovacion usullaridan keng foydalanish zarur. Ushbu zamonaviy texnologiyalar oliy sportni rivojlantirishda xal qiluvchi omillardan biridir. Jumladan, Panamerika qilichbozlik konfederaciyasi “Maktabdan – Olimpiya o'yinlariga” koncepciyasini ishlab chiqdi hamda qilichbozlik sportini ommalashtirish maqsadida faxriylar va bolalar o'rtasida jahon birinchiligini o'tkazish tashabbusini ilgari surdi. Ushbu tajriba Osiyo mamlakatlari milliy qilichbozlik federaciyalari uchun ham foydadan holi emas. 

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, Markaziy Osiyo qilichbozlik konfederaciyasining raisi R.SHoabdurahmonov jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, aholini, ayniqsa, yoshlarni sport bilan shug'ullanishga jalb etish sohasidagi tajribasi bilan o'rtoqlashdi. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.M.Mirziyoevning besh strategik tashabbusida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ikkinchi o'rinda turadi. Ushbu tashabbus doirasida har bir shahar va tuman markazlarida sport majmualari bunyod etilmoqda. Olimpiya sport markazini barpo etish ham rejalashtirilmoqda. O'zbekiston bolalar va o'smirlar o'rtasida Osiyo o'yinlari, shuningdek, kattalar o'rtasida yozgi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilish niyatida.

Xalqaro konferenciyada so'zga chiqqan professor Xuan Karlos qilichbozlarni musobaqalarga ruhiy tayyorlashga alohida etibor qaratdi. U hozirgi paytda sportchilar va trenerlardan doimo sportdagi innovacion yangiliklardan xabardor bo'lish va ularni samaralari qo'llash talab etilayotganiga urg'u berdi. Qilichbozlarning jismoniy va texnik-taktik tayyorgarligi nisbatan teng bo'lgan holatda ularni musobaqalarga ruhiy puxta tayyorlash muvaffaqiyatga erishishning hal qiluvchi omili hisoblanadi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing