So’nggi yangiliklar

20:18Таэквондочи қизларимиз Тайюан турнирини 2 та бронза медали билан якунлашди 0 19:47"Милан" Леау "Галатасарой"га ўтганини эълон қилди 0 19:19Бухоро “Uzbekistan Judo Tour” ғолиб ва совриндорлари аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 18:53Рожер Федерер теннис шон-шуҳрат залига киритилди 0 18:36Мужибилло Турсунов Россиядаги IBA турнирида ғалабага эришди 0 18:17Мозес Итаумани рингдан замбилда олиб чиқиб кетишди (ВИДЕО) 0 17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0

01 apr 17:47
Yangiliklar

Futbol

Qiziq! SHerzod Temirov 24 soat ichida ikkita o'yinda ishtirok etdi. Futbolchining o'zi vaziyatga izoh berdi

Teglar :  SHerzod Temirov
O'zbekiston MTJ azosi SHerzod Temirov bilan qiziqarli holat ro'y berdi.

Hozirgi kunda Iroqning "Erbil" klubi safida to'p tepayotgan hamyurtimiz 24 soat ichida ikki uchrashuvda ishtirok etdi va o'ziga natijaga erishdi. Dastlab, 30-mart sanasida Toshkentda o'tkazilgan FIFA Series musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - Venesuela (0:0) uchrashuvining 90-daqiqasida Eldor SHomurodov o'rniga maydonga tushib, penaltilar seriyasida o'z zarbasidan unumli foydalandi. Oradan bir kun o'tib, SHerzod Temirov Iroq Yulduzlar Ligasining 25-turidan o'rin olgan "Erbil" - "Al Zavraa" bahsining tanaffusida Kristofer Jon Poveyning o'rniga maydonga tushirildi va 45 daqiqa davomida maydonda harakatlandi. SHunday qilib, Temirov 24 soat davomida ikki bahsda ishtirok etishga ulgurdi. 

"Klubdagilar "Al Zavraa"ga qarshi uchrashuvda jamoaga yordam berishimni so'rashdi. Garchi oson bo'lmagan bo'lsa ham, klub ixtiyoriga etib kela oldim. Turkiya orqali uchdim. Jamoam mag'lubiyatga uchramadi. Jamoaga yordam bera olganimdan xursandman. Hayotda oson narsaning o'zi yo'q. Xohish bo'lsa barchasini uddalasa bo'ladi", - deya izoh berdi SHerzod Temirov.

Eslatib o'tamiz, Temirov joriy mavsumida Iroq Yulduzlar Ligasida 20ta gol bilan to'purarlar ro'yxatida etakchi bo'lib turibdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing