12 okt 10:10
Yangiliklar
Futbol
Qiziq xabar! O'tkir Yusupov tufayli "Fulad" xodimi ishdan ketdi
JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z maydonida Eron termasiga qarshi maydonga tushdi.
O'yinda hisob ochilmadi - 0:0. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Eron terma jamoasi gol urib ketishi mumkin bo'lgandi. Ammo o'yinni yuqori darajada o'tkazgan O'tkir Yusupov zarbani qaytarib, hisobning ochilishiga yo'l qo'ymadi.
Malumki, Yusupov Eron chempionatida o'ynaydi va "Fulad" sharafini himoya qiladi. O'yin yakunlanganidan keyin "Fulad" matbuot xizmati O'tkir Yusupovni esladi:
"Fulad" burguti"
Malum bo'lishicha, ushbu post tezda o'chirib tashlangan va bu xabarni qo'ygan klub ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlovchi xodimi ishdan bo'shatilgan, deb yoziladi manbada.
Havola :
Fikrlar