17 okt 17:42
Yangiliklar

Qizlarimiz ham Osiyo chempionatida 4 ta oltinga ega chiqishdi
Avvalroq, o'g'il bolalar o'rtasidagi finallarda 4 ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo'lishgandi.
Biroz avval qizlarimiz ham Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Quvonarlisi, finallarda jang qilgan 5 bokschimizning 4 nafari g'alaba qozondi va oltin medalni qo'lga kiritdi.
-48 kg: Sabina Boboqulova - Tamanna (Hindiston) (g'alaba)
-50 kg: Feruza Kazakova - Lanping Deng (Xitoy) (g'alaba)
-52 kg: Nigina O'ktamova - Tannu (Hindiston) (g'alaba)
-60 kg: Mohira Ahmedova - Priti Dahiya (Hiniston) (mag'lubiyat)
-63 kg: Aziza Zokirova - Hushi (Hindiston) (g'alaba)
SHu tariqa, bokschilarimiz o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida umumiy hisobda 8 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medaliga ega chiqishdi.
Fikrlar