02 iyu 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

"Qodirov Jonsonga men bilan jang uchun $ 1 mln taklif qilgandi"
Rossiyalik MMA jangchisi Magomed Bibulatov sobiq UFC chempioni Demetrius Jonson bilan o'tkazilmay qolgan jangini esladi.
Uning so'zlariga ko'ra CHecheniston Respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov o'sha paytda UFC chempioni bo'lgan Demetrius Jonsonga Grozniydagi ASA 101 turniridagi ishtiroki uchun bir million dollar taklif qilgan.
"Tarixiy ASA 101 turnirida Jonson bilan jangimiz o'tkazilishiga bir bahya qolgandi. O'shanda Ramzan Axmatovich Demetriusga bir million dollar taklif qilgandi. O'z o'rnida Jonson ham Grozniyga kelishga rozilik bergandi. Ammo, One FC prezidenti bunga qarshi bo'lgani uchun jang amalga oshmagan edi", - dedi Bibulatov o'zining Instagram sahifasida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar