29 may 19:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Qo'shiqchi Krid Xabib bilan vaziyat haqida: "Tansoqchi yollashga majbur bo'lgandim"
Rossiyalik qo'shiqchi Egor Krid Maxachqaladagi koncert bilan bog'liq muammodan so'ng xavfsizlik masalasida yaxshigina bosh qotirgani haqida aytib o'tdi.
O'shanda MMAchi Xabib Nurmagomedov ham koncertga qarshi bo'lgandi. Yakunda tomosha bekor qilingan.
"Xabib bilan bog'liq vaziyat ro'y berganda Rossiya bo'ylab gastrollarim vaqtida kechasi mehmonxonadagi xonamga kelib, kimlardir eshik taqillatib turardi, nimanidir kutishardi. Bunday hol Xabib bilan bog'liq mashmashalardan so'ng boshlangandi. Bilmadim ular nimani istashgandi, balki "ishlarim qanday" ekanligini, yoki do'pposlashnimi. Menimcha ikkinchi variant to'g'ri.
O'shangacha menda faqat haydovchi bor edi. Keyin esa tansoqchi yollashga majbur bo'lganman. Meni yomon ko'radigan, yoqtirmaydigan odamlar ko'p", - dedi Egor Krid.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar