12 apr 15:16
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				Qozog'iston Billi Jin King Kubogi final bosqichiga chiqdi
Tennis bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasida norasmiy jahon chempionati hisoblangan Billi Jin King Kubogida saralash bahslari o'tkazildi. 
			Qozog'iston terma jamoasi Avstraliya va Kolumbiyani mag'lubiyatga uchratib, o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi. Kolumbiyaga qarshi kechgan birinchi uchrashuvda Yuliya Putinceva Valentina Mediorreal Ariasga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6/0, 6/1.
Keyin esa Qozog'istonning birinchi raketkasi Elena Ribakina Yuliana Lisarasodan ustun keldi - 6/1, 6/2.
Juftliklar bahsida Jibek Kulambaeva va Zarina Diyas hamkorligi Lisaraso hamda Mariya Paulina Garsiya Peres tandemini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 6/2, 5/7, 6/4.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar