17 jan 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Qozog'iston boks federaciyasi ishdan ketgan Qayrat Satjanovni xonadon va qimmatbaho avtomobil bilan mukofotladi (FOTO)
Yanvar oyi avvalida boks bo'yicha Qozog'iston erkaklar terma jamoasi bosh murabbiyi Qayrat Satjanov o'z lavozimini tark etgandi.
Malum bo'lishicha, Qozog'iston boks federaciyasi sobiq bosh murabbiyni Ostona shahridan 3 xonali uy va Toyota Land Cruiser 300 rusumli avtomobil bilan mukofotlagan.
Satjanov Qozog'iston erkaklar terma jamoasini 2021-2023 (yanvar oyiga qadar) va 2024-2025 yillarda boshqargan. Endi uning o'rniga terma jamoada Nurjan Nasanov faoliyat olib boradi.



Havola :
Manba : sportilinet
Fikrlar