So’nggi yangiliklar

17:43Осиё ўйинларининг ўн тўртинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 17:15Энтони Жошуа Фьюридан кейин ким билан жанг қилмоқчи эканлигини айтди 0 16:55Осиё ўйинларининг 14-кунини бешта медаль билан якунладик 0 16:24Ўзбекистондаги футбол мавсумини "куз-баҳор" форматига ўтказиш имкониятлари кўриб чиқилмоқда 0 14:39ESPN талқинига кўра 30 ёшгача бўлган энг яхши ММА жангчилари рейтинги эълон қилинди 0 11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0

19 avg 15:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Qozog'iston o'zbekistonlik MMA jangchisini xalqaro qidiruvga berdi

Teglar :  Qozog'iston
O'zbekistonlik bloger va pop-MMA jangchisi Mahmud Hikmatov Qozog'istonda xalqaro qidiruvga berildi.

Bu haqda Sports.kz Qozog'iston Respublikasi Moliyaviy monitoring agentligi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

«Diqqat, qidiruv!

Moliyaviy monitoring agentligi tomonidan xalqaro qidiruvga elon qilindi: Hikmatov Mahmud Umidovich, 19.02.2000 yilda tug'ilgan, O'zbekiston Respublikasi fuqarosi, “Maxa.dxb” taxallusi bilan tanilgan bloger.

Sud tomonidan unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo'llanilishi sankciyalangan. U noqonuniy internet-kazinoni targ'ib qilishda gumon qilinmoqda.

Qozog'iston Respublikasi hududida noqonuniy internet-kazino interfeysini taqdim etish, pul mablag'larini qabul qilish va to'lash (ekvayring, mobil tijorat, kriptovalyuta), shuningdek, mamlakat fuqarolari orasidan ko'proq o'yinchilarni jalb qilish maqsadida reklama tarqatish bo'yicha barqaror sxema faoliyat yuritgan.

Internet-kazinoni targ'ib qilish maqsadida tashkilotchilar bloger Hikmatov M. U.ni jalb qilgan. Unga Qozog'iston hududida faoliyat yurituvchi inflyuenserlarni reklama kontentini joylashtirishga jalb qilish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu faoliyat doirasida Hikmatov M. U. blogerlardan ularning ijtimoiy tarmoqlaridagi statistik malumotlarni, jumladan, obunachilarning demografik va geografik ko'rsatkichlari, shuningdek, auditoriya qamrovi haqidagi malumotlarni so'ragan. SHu malumotlar asosida reklama xizmatlarining qiymati belgilangan.

Agar qidiruvdagi shaxsning qaerdaligi haqida biror malumotga ega bo'lsangiz, Moliyaviy monitoring agentligiga xabar berishingizni so'raymiz», — deyiladi Egov saytidagi xabarda.

Hikmatov Qozog'istonning Olmaota shahridagi RUH Fighting Championship (RFC) medialigasida jang qilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing