So’nggi yangiliklar

19:58Никита Белозерцев Анқара Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 19:27Лапорта: “Бу йил "Барселона" йили бўлиши керак” 0 18:56Жон Жонс октагонга қайтиш имкониятини инкор этмади 0 18:25Умар Нурмагомедов Абу-Дабидаги ҳодисага илк бор изоҳ берди 0 17:54Баҳодир Жалолов америкалик собиқ рақиби Ричард Торрес билан учрашди (ФОТО) 0 17:23Шон О’Мэллининг RAF лигасидаги дебют жанги белгиланди 0 16:52Почеттино "Манчестер Юнайтед"нинг 100 йиллик антирекордини такрорлади 0 16:21Нодирбек Абдусатторов: "Натижа қандай бўлмасин, партияга келиб ўйнаш керак!" 0 15:50Формула-1. Макс Ферстаппен — Лас-Вегас Гран-приси ғолиби! 0 15:19Швеция россиялик спортчиларга виза бермайди 0 14:48Диего Симеоне Ла Лигада Луис Арагонеснинг тарихий мураббийлик рекордини янгилади 0 14:17Қозоғистон билан бирга Ҳиндистон ҳам UFC турнирига илк бор мезбонлик қилиши мумкин 0 13:46Ўзбекистон елканли спорт федерацияси World Sailing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 13:13Асу Алмабаев мағлубиятдан кейин: "Ғолиб бўлдим, деб ўйлагандим" 0 12:42U-17 Жаҳон чемпионати. Бугун ўсмирларимиз Ямайкага қарши баҳс олиб боради 0

19 jan 19:59
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Qozog'iston Pekindagi Olimpiadaga nechta licenziya qo'lga kiritdi?

Teglar :  Pekin-2008
Pekin-2022 qishki Olimpiadasi boshlanishiga oz fursat qoldi.

SHunday ekan, birin-ketin Olimpiya o'yinlariga qaysi mamlakat nechta licenziya qo'lga kiritgani malum bo'lmoqda. 

17 yanvar kuni barcha saralash va reyting musobaqalari yakunlandi va Pekin Olimpiadasi uchun licenziyalarning aksariyati taqsimlandi. Qozog'iston sportchilari 8 ta sport turi bo'yicha 82 ta licenziyani qo'lga kiritishdi, deb xabar berdi Olympic.kz.

Qozog'iston terma jamoasi chang'i sportida 30 ta, fristaylda 9 ta (mogul yo'nalishida 5 ta, akrobatika bo'yicha 4 ta licenziya) licenziya qo'lga kiritdi. Ular konkida yugurish sport turida 12 ta, biatlonda ham shuncha licenziyaga ega. Yana 9 ta licenziya short-trek bo'yicha qo'lga kiritilgan. Qo'shnilarimiz tog' chang'isi va tramplindan sakrash bo'yicha 4 tadan licenziyaga ega chiqishdi, shuningdek, chang'i sportida ham ikkita licenziya bor.

Olimpiya terma jamoasining tarkibidan hozircha 32 nafar sportchi o'rin olgan. Bu yakuniy malumot emas. Qozog'iston MOQ biatlon, chang'i poygasi, fristaylning mogul va akrobatika turlari bo'yicha xalqaro federaciyalardan licenziyalarni qayta taqsimlash natijalarini kutmoqda. Olimpiada ishtirokchilarining to'liq ro'yxati 20 yanvardan keyin ommaga elon qilinadi.

Pekin-2022 qishki Olimpiya o'yinlari 4 fevral kuni boshlanadi. Ushbu Olimpiadada 109 ta medallar jamlanmasi o'ynaladi.

Eslatib o'tamiz, mamlakatimizdan Qishki Olimpiya o'yinlarida 1 nafar sportchi ishtirok etadi. Komil To'xtaev tog' chang'isi sport turida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing