02 sen 10:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi SHahramga tan berdi
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirzagali Aytjanov 69 kilogramm vazn toifasidagi shogirdi Abilayxan Jusupovning hamyurtimiz SHahram G'iyosovdan qabul qilgan mag'lubiyatiga izoh berdi.
Rio Olimpiadasi kumush medali sovrindori bo'lgan SHahram G'iyosov Gamburg shahri mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining yarim finalida Jusupovni mag'lub etgan edi.
“Abilayxan Jusupov bor kuchi bilan harakat qildi. Qo'lidan kelganicha jang o'tkazdi, lekin G'iyosovning tajribasi bu jangda hal qiluvchi omil bo'ldi. SHahramning ustunligini ham tan olish kerak.
SHunga qaramay, 20 yoshida jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritish, bu yaxshi natija. O'ylaymanki, hali SHahram va Abilayxan ringda yana o'zaro to'qnash kelishadi”, - dedi Aytjanov.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar