25 iyu 12:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorov IBF kamari uchun ringga chiqadi, raqib malum!
Rossiyalik bokschi Sergey Lipinecning menejeri Aleks Vaysfeld bokschining Qudratillo Abduqahhorovga qarshi jangi haqida gapirib o'tdi.
"Lipinec sentyabr oyida IBF kamari uchun Abduqahhorovga qarshi jang qiladi", - dedi Vaysfeld.
Malumot uchun, Qudratillo ayni paytda yarimo'rta vazn toifasida IBF yo'nalishida birinchi o'rinni egallab turibdi. Lipinec esa uchinchi pog'onadan joy olgan. Ushbu yo'nalishda Errol Spens chempion hisoblanadi.
31 yoshli Lipinecning hisobida 16 ta g'alaba (12 ta nokaut) va 1 ta mag'lubiyat bor. Qudratillo esa 17 jangning barchasini g'alaba bilan yakunlagan (9 ta nokaut).
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar