20 okt 09:21
Yangiliklar
![](/upload/storage/21145_220.jpg)
Qudratillo Abduqahhorov: “Yana bitta jangdan so'ng chempionlik oltin kamari uchun ringga chiqaman”
SHu kunlarda Qudratillo yana bir professional bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov bilan birga bo'lajak jangiga tayyorgarlikni Filippin poytaxti Manila shahrida olib boryapti.
“Mashg'ulotimiz 15 noyabrga qadar davom etadi va shu kuni do'stim Azizbek bilan birga AQSHga jo'nab ketamiz. Mashg'ulotlarni murabbiyimiz Ilgar Aliev qo'l ostida o'tkazyapmiz. Ikkimizning jangimiz ham 18 noyabr kuni Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.
SHu kunlarda bo'lajak jangdagi raqiblarimiz va jangning necha raund bo'lishiga oydinlik kiritiladi. Bu AQSH zaminidagi ilk jangim bo'ladi. Mana shu jangni g'alaba bilan yakunlab olsam, keyingisi chempionlik oltin kamari uchun kechadi”, - deya saytimizga intervyu berdi chempion bokschimiz.
Fikrlar