30 noy 14:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratillo Abduqahhorovning ehtimoliy raqibi 2020 yilda qaytishini elon qildi
O'rtaengil vazn toifasida WBC va IBF yo'nalishi chempioni Errol Spens 2020 yilda ringga qaytishiga shama qildi.
"Sinmaydigan narsani sindirishning iloji yo'q. 2020 yilda tayyor turing", - dedi Spens.
Eslatib o'tamiz, Spens oktyabr oyida avtohalokatga uchragandi. Ayni paytda u tiklanish jarayonini olib bormoqda.
Mazkur vaznda o'zbekistonlik bokschi Qudratillo Abduqahhorov IBF yo'nalishida asosiy davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : Boxingnews24
Fikrlar