20 may 09:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Qudratilloning ehtimoliy raqibi sentyabrda ringga qaytadi
Yarim o'rta vazn toifasida WBC va IBF kamarlari sohibi Errol Spens navbatdagi jangini sobiq jahon chempioni Denni Garciyaga qarshi o'tkazadi.
Jang shu yilning sentyabr oyida tashkil etiladi. Bu bahs jahon chempioning jiddiy avtofalokatdan so'ng ilk jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Spens o'tgan yilning oktyabr oyida jiddiy avariya uchragandi.
Malumot uchun, ayni paytda Errol Spensdagi IBF kamariga o'zbekistonlik charm qo'lqop ustasi Qudratillo Abduqahhorov birinchi raqamli davogar hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar