14 iyu 12:37
Yangiliklar
Tennis

Queen's Club. Elena Ribakina 1/2 finalga chiqa olmadi
Qozog'istonlik tennis malikasi Londonda davom etayotgan WTA 500 toifasiga kiruvchi turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Dunyoning 11-raketkasi bo'lib turgan Elena Ribakina Queen's Club turnirining 1/4 finalida WTA reytingida 86-pog'onada borayotgan germaniyalik Tatyana Mariyaga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 4/6, 6/7(4).
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Bir soatu 47 daqiqa davom etgan bahsda Ribakina 10, Mariya 8 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Saralash bahslaridan asosiy to'rga yo'l olgan Tatyana Mariyaning final chiptasi uchun kechadigan bahsdagi raqibasi amerikalik Medison Kiz bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar