22 iyu 11:36
Yangiliklar

Queen's Club. Karlos Alkaras bu yilgi mavsumda oltinchi finaliga chiqdi
Ispaniyalik tennischi 1/2 finalda ATP reytingida 51-pog'onada borayotgan vatandoshi Roberto Bautista-Agutni ikki setda ham bir xil hisobda mag'lubiyatga uchratdi - 6/4, 6/4. Hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 3:0.
Sakson ikki daqiqa davom etgan bahsda Alkaras 8, Bautista-Agut 12 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Karlosning g'alabali seriyasi 17 ta uchrashuvga etdi. Bu uning faoliyatidagi eng uzun mag'lubiyatsiz seriya hisoblanadi.
SHuningdek, ispaniyalik tennischi bu yilgi mavsumdagi o'zining oltinchi finaliga chiqdi. U bungacha Rotterdam, Barselona, Monte-Karlo, Rim va "Rolan Garros" turnirlari finallarida o'ynagan edi. Bugun Alkaras bosh sovrin uchun chexiyalik Irji Lexechkaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar