05 noy 16:16
Yangiliklar
Futbol
Qurol bilan tahdid qilingan APL futbolchisi kimligi malum bo'ldi
Bir necha kun oldin APL futbolchisiga agenti qurol bilan tahdid qilgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Avvalroq malum bo'lishicha, sentyabr oyida Londonda Angliya Premer-ligasi futbolchisini ko'chada qurol bilan qo'rqitishgan. Policiya ushbu voqea bilan bog'liq holda futbol agentini qo'lga olgan.
Malum bo'lishicha, bu futbolchi "Tottenhem" himoyachisi Destini Udoji bo'lgan. Klub rasmiy ravishda vaziyatga izoh berdi:
"Hodisa sodir bo'lgan paytdan beri biz Destini va uning oilasiga yordam ko'rsatib kelmoqdamiz va buni davom ettiramiz. Bu huquqiy masala bo'lgani uchun hozircha batafsil izoh bera olmaymiz", — deyilgan klub bayonotida.
Havola :
Fikrlar