28 avg 08:54
Yangiliklar
Tennis
Radukanu US Open – 2022 arafasida unga qilingan bosim haqida gapirdi
AQSH Ochiq chempionatining amaldagi chempioni, britaniyalik tennischi Emma Radukanu turnir boshlanishi oldidan unga nisbatan yuzaga kelgan bosim bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
“Menimcha, siz mendan ko'ra ko'proq bosim va reyting haqida o'ylaysiz. CHempionlikni himoya qilish shunchaki matbuot tomonidan yaratilgan narsa. Men faqat o'yindan-o'yinga qadamma-qadam harakat qilaman. Ushbu to'rdagi har bir tennischi juda kuchli va istedodli. Men faqat o'zim qilayotgan ishimga, o'z yo'limga etibor qarataman ", - dedi Radukanu.
2022 yilda Emma o'tgan yilgi US Open chempionligini himoya qilishi kerak bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar