11 mar 12:21
Yangiliklar
Rafael dos Anos: "Maxachev chempionlik imkoniyatini boy bergani ajoyib"
"Siz Dana Uayt nima deganini eshitdingiz - Islam jangni qabul qilmadi. Ular menga Islam yarim o'rta vaznda jang qilmoqchi ekanligini aytishdi va men rozi bo'ldim. Ammo, ertasi kuni ertalab ular jangdan voz kechishlarini aytishdi. Men uning blefiga javob berdim. Bu shunday edi. Ular, ehtimol, meni yarim o'rta vazn toifasida jang qilmayman deb o'ylashgan. Ammo, men mashg'ulot o'tkazdim va bu behuda ketishini istamadim. 16 oydan beri jang qilganim yo'q va kim bilan bo'lsa ham jang qilishga tayyor edim.
Islam Maxachev chempionlik uchun imkoniyatni boy bergani ajoyib bo'ldi. Men hatto Benil Doriushga ham yozdim- jangni sizga qaytardim! Bu Islam o'z o'yinlari uchun berilgan jazodir. Bu kichik o'yinlar unga chempionlik uchun yana kurash olib keladi. Endi u yana jang qilishi kerak bo'ladi",- dedi braziliyalik" CHas MMA" dasturida.
Avvalroq Dos Anos Maxachev u bilan jang uchun bir million dollar so'ragani haqida malum qilgandi. Biroq, rossiyalik bu malumot haqiqatga to'g'ri kelmasligini aytgandi.
Fikrlar