24 apr 16:25
Yangiliklar
Futbol
Rafinya qachon mashg'ulotlarga qaytishi malum
"Barselona" vingeri Rafinya kelasi hafta boshida mashg'ulotlarga qaytadi, deb xabar berdi jurnalist Ashraf Ben Ayad.
29 yoshli o'yinchi son mushaklaridagi jarohati tufayli mart oyi oxiridan beri maydonga tusha olmayotgandi. Rafinya ushbu mavsum barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta golga assistentlik qildi.
Braziliyalik futbolchining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 80 million evroga baholagan.

Havola :
Fikrlar